Tahririy siyosat
Ushbu hujjat jurnalning tahririy ish tartibini va qaror qabul qilish tamoyillarini belgilaydi.
Tahririy mustaqillik
Nashr to‘g‘risidagi qaror faqat qo‘lyozmaning ilmiy qiymatiga, jurnal yo‘nalishiga mosligiga va etika talablariga rioya etilishiga asoslanadi. Muassislar tahririy qarorlarga aralashmaydi. Bosh muharrir tahririyat oldida hisobot beradi va jurnal siyosatining bajarilishini ta’minlaydi.
Qaror qabul qilish
Yakuniy qarorni bosh muharrir mutaxassis taqrizi asosida qabul qiladi. Tahririyat qarori mualliflarga asoslantirilgan holda yetkaziladi. Qarorga norozilik bo‘lsa apellyatsiya berish mumkin.
Tahrir hay'ati tarkibi
Ta’sis shartnomasiga muvofiq tahrir hay’atining doimiy a’zolari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan belgilanadi. Hay’at tarkibi Tahrir hay’ati sahifasida e’lon qilinadi va yangilanib boriladi.
Maxfiylik
Topshirilgan qo‘lyozma maxfiy hujjat hisoblanadi. U haqidagi ma’lumot faqat tahririy jarayonda ishtirok etuvchi shaxslarga oshkor qilinadi.
Reklama
Jurnal saytida tijorat reklamasi joylashtirilmaydi. Tahririy mazmun hech qanday tijorat manfaati bilan bog‘lanmagan.
Siyosatning o‘zgarishi
Jurnal siyosatiga kiritilgan o‘zgarishlar ushbu sahifada e’lon qilinadi va e’lon qilingan paytdan kuchga kiradi. Kuchga kirgunga qadar topshirilgan qo‘lyozmalarga eski shartlar qo‘llaniladi.