Shikoyat va apellyatsiya — EduTech Insight

Shikoyat va apellyatsiya

Tahririy qarorga apellyatsiya

Muallif qo‘lyozma rad etilgan qaror bilan rozi bo‘lmasa, apellyatsiya berishi mumkin. Apellyatsiya info@edutechin.uz manziliga yoziladi va unda quyidagilar bo‘lishi kerak:

  • qo‘lyozmaning nomi va topshirilgan sanasi;
  • taqrizchining qaysi fikri bilan rozi emasligi va nima uchun — dalillar bilan;
  • zarur bo‘lsa qo‘shimcha ma’lumot yoki tushuntirish.

Apellyatsiyani bosh muharrir ko‘rib chiqadi. Zarur hollarda mustaqil taqrizchi jalb qilinadi. Apellyatsiya bo‘yicha qaror yakuniy hisoblanadi.

Shikoyat

Tahririyat quyidagi mavzulardagi shikoyatlarni qabul qiladi:

  • tahririy jarayonning kechikishi yoki muomala;
  • nashr etikasi buzilishi (plagiat, mualliflik nizosi, ma’lumot soxtalashtirilishi);
  • nashr etilgan maqoladagi jiddiy xatolik;
  • manfaatlar to‘qnashuvi oshkor qilinmagani.

Ko‘rib chiqish tartibi

  1. Murojaat qayd etiladi va uni olganlik tasdiqlanadi.
  2. Mas’ul kotib dastlabki ma’lumotlarni yig‘adi.
  3. Zarur bo‘lsa aloqador taraflardan izoh so‘raladi.
  4. Bosh muharrir qaror qabul qiladi va murojaat qiluvchi xabardor etiladi.

Shikoyat tahririyat a’zosiga tegishli bo‘lsa, u ko‘rib chiqishda ishtirok etmaydi. Agar shikoyat tahririyat darajasida hal etilmasa, muassislarga murojaat qilish mumkin.